Samarqandda YTH sabab yuk mashinasi kanalga tushib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 fevral kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida ikkita yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 14:05 lar atrofida Samarqand shahar Shohi Zinda ko‘chasi bo‘ylab bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Kia Bongo rusumli transport vositasi Single Cabin Truck Shineray T30 rusumli transport vositasini orqa qismidan urib yuborgan. Zarba oqibatida transport vositasi yo‘lning o‘ng tarafidagi pastki kanalga tushib ketgan.

Qayd etilishicha, voqeadan so‘ng ikkala transport vositasi haydovchilari ham Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida 23 yoshli mast haydovchi sabab 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing