Samarqandda yirik portlash! 7 ta transport vositasi yonib ketdi
Jamiyat
−
20 noyabr 2019
10495Bugun, 20 noyabr kuni suyultirilgan gaz tashishga mo‘ljallangan avtomobilning yonib, portlashi oqibatida yaqin atrofdagi bir nechta transport vositalari ham yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Bugun soat taxminan 03:30larda Samarqand viloyati Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi Samarqand-G‘uzor A-378 avtomobil yo‘lining 33-kilometrida joylashgan “Timur GAZ” MCHJga tegishli avtomashinalar turargohida harakatsiz turgan suyultirilgan gaz tashishga mo‘ljanlangan MAN rusumli yuk atomashinasida noma’lum sabalarga ko‘ra yong‘in kelib chiqib, yukxonaga o‘tib avtomashinadagi suyultirilgan gaz portlagan. Natijada ushbu avtoturargohda turgan suyultirilgan gaz tashish uchun mo‘ljanlangan 2 ta MAN va 1 ta ZiL rusumli avtomashinalar hamda DAF va ZiL rusumli yuk avtomashinalari, shuningdek Hyundai rusumli ekskavator yonib ketgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi, FVV xodimlari va tez tibbiy yordam avtomashinalari jalb qilingan.
Dastlabki ma’lmotlarga ko‘ra haydovchilarning bir nafari tan jarohati olib shifoxonaga murojaat etgan.
Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.