Samarqandda yosh bola hojatxonaga tushib ketdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan hojatxonaga tushib ketgan bolakay qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 17 mart kuni soat 16:53 da Samarqand viloyati FVBga “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali Samarqand tumani “Ravonak” MFYda joylashgan xonadonlardan birida qarovsiz qolgan bolakay hojatxonaga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan FVV qutqaruvchilari bolakayni hojatxonadan olib chiqib, uning hayotini saqlab qolgan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Baxmal tumanida qutqaruvchilar hojatxonaga tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

hojatxona Ravonak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing