Samarqandda yonma-yon uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 22 iyun kuni soat 00:52 da Samarqand shahridagi “Bog‘ibaland” MFY “Xo‘ja Isoqi Valiy” ko‘chasidagi uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

FVBga yong‘in haqida xabar kelib tushgach, voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomashinasi jalb etilgan. Hodisa oqibatida uyning 248 kv.m. maydonida tom va shift qismi hamda qo‘shni  uyning 30 kv.m. maydonida tom qismi yongan.

Yong‘in soat 01:55 da o‘rab olinib, soat 02:53 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan uylarning taxminan 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing