Samarqandda yeb-ichganiga pul to‘lashni istamay janjal ko‘targanlar hibsga olindi
3-sahifa
−
13 may
9078Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yeb-ichgani haqini to‘lamay, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11 may kuni Kattaqo‘rg‘on shahrining Zarafshon mahallasida joylashgan oshxonalarning birida janjal bo‘layotgani haqida IIB ga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga boshqarmaning 3 nafar profilaktika inspektori yuborilganida 4 nafar shaxs judayam mast holatda yeb-ichgani haqini to‘lamay, oshxona egalari bilan mushtlashayotgani ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng qonunbuzarlardan biri oshxona egasi bo‘lgan ayolni haqoratlab, unga qo‘l ko‘tarayotganida IIB xodimlari ularni ajratishga harakat qilgan. Biroq erkak profilaktika inspektorlarining qonuniy talabini bajarmay, ularni ham haqoratlab, qochishga uringan va Cobalt rusumli mashinasida IIB xodimini qasddan turtib ketgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan gumonlanuvchilar protsessual tartibda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni Toshkentda YPX xodimini urib ketgan BYD haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
LiveBarchasi