Samarqandda yangi kelin-kuyov gazdan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 28 kunlik kelin-kuyov gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda kecha, 20 yanvar kuni inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tunda gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Olov o‘chgach, sizib chiqqan gazdan uyqudagi kelin-kuyov zaharlangan. Ularni ertalab xonadondan o‘lik holda topishgan.

Tashanovning ta’kidlashicha, tuman gaz idorasi aza boshlanmasidan avval xonadon egalarini texnika xavfsizligiga rioya qilmaslikda ayblab, dalolatnoma to‘ldirib ketgan.

“O‘sha kuni qishloqqa hokim kelgan ekan. Gazchilar bu vallomatga yaxshi ko‘rinish uchun gazni balandlatib, masxarabozlik qilishgan. Kechasi “chegirib qolamiz”, deganmi, bilmayman. Odamlar o‘lishi uchun urush bo‘lishi shart emas. Mutasaddilarning uquvsiz va ahmoq bo‘lishi yetarli. Ularni bu yoshlarning uvoli ursin!” deb yozadi huquq faoli Abdurahmon Tashanov.

QALAMPIR.UZ vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Uning Samarkand prokuraturasiga tayanib ma’lum qilishicha, voqea 4 kun oldin sodir bo‘lgan.

“Voqea haqida hukukni muhofaza kilish organlariga xabar berilmagan ekan. Ota-onasi kelin-kuyovning jasadlarini ko‘mib yuborgan. Hozirda prokuratura holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda”, deya ma’lum qildi Hayot Shamsutdinov.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz Samarqand Kattaqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing