Samarqandda yangi institut tashkil etiladi
Jamiyat
−
27 mart 2020
14293Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida qayd etilgan.
Hujjatga asosan Samarqand davlat universitetining asosan pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etiladi.
Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy hamda Dahbet ko‘chasi, 18-uy manzilida joylashgan Samarqand davlat universitetining bino va inshootlarini (mavjud jihoz va mebellari bilan) tegishli hududi bilan birgalikda Institut balansiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda:
Institut tuzilmasi oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini ta’minlaydi;
Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘radi;
Institutni tanlov asosida amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi;
Institut axborot-resurs markazini qo‘shimcha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
Institutda o‘quv-metodik jarayonning tashkil etilishini ta’minlash choralarini amalga oshiradi.
Loyihada belgilanishicha, institutda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalar kontingenti Universitetning asosan pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida shakllantiriladi;
o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Institut Universitetning o‘quv va ilmiy laboratoriyalaridan, sport inshootlaridan hamda axborot-resurs markazidan rejalashtirilgan dars jarayonlariga ta’sir etmagan holda bepul foydalanadi.
LiveBarchasi