Samarqandda yana ikki tuman IIBga yangi boshliqlar tayinlandi
Jamiyat
−
30 mart 2022
6440Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Samarqand viloyatining Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlari Ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Vazir buyrug‘i bilan Bunyod Jo‘raqulov Qo‘shrabot tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Mazkur tayinlovgacha Bunyod Jo‘raqo‘lov Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Aslamjon Ochilov Kattaqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Mazkur tayinlovgacha Aslamjon Ochilov Nurobod tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Qo‘shrabot IIBning sobiq rahbari podpolkovnik Zokir Suvonqulov Nurobod tumani IIBga, Kattaqo‘rg‘on IIBning oldingi rahbari podpolkovnik Abduvali Otamurodov Bulung‘ur tumani IIBga boshliq etib tayinlanigani haqida xabar bergan edik.