Samarqandda yana bir OTM tashkil etildi
Jamiyat
−
19 may 2021
9598O‘zbekiston Hukumatining tegishli qarori bilan Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra:
Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;
Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, Amir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;
kelgusi yillarda Filial uchun qo‘shimcha o‘quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;
Samarqand viloyati hokimligi Filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor- o‘qituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan ta’minlaydi.
LiveBarchasi