Samarqandda yana 10 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida 10 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 16 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Samarqand viloyatida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafari Oqdaryo tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan, 2 nafari Toyloq tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 33 yoshda, yoshi kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan.

Ma’lumot uchun, viloyatda shu paytga qadar 144 nafar bemor butunlay sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 154 nafar fuqaro kasallikdan butunlay forig‘ bo‘ldi. Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2168 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing