Samarqandda o‘zini yuk mashinasining tagiga tashlagan erkak halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
01 noyabr
12654Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak o‘zini yuk mashinasining tagiga tashlab joniga qasd qilgani aks etgan video tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hodisa joriy yilning 27 oktyabr kuni soat 12:30 atrofida Samarqand viloyatining Paxtachi tumani Amirobod mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashagan, 1983 yilda tug‘ilgan, ruhiy kasal B.A. M-37 avtomobil yo‘lining Samarqand-Buxoro yo‘nalishi 139-kilometrida harakatlanib kelayotgan fuqaro Y.Yu. boshqaruvida bo‘lgan Man rusumli yuk avtomashinasi ostiga o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan. Oqibatda B.A. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, marhum B.A.ga nisbatan sud tibbiy ekspertiza tayinlangan. Shuningdek, tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy firmada ishlab kelgan Hindiston fuqarosi o‘z joniga qasd qilgandi. U vafotidan oldin ingliz va rus tillarida tilxat yozib qoldirgan. Unda asosan moddiy qiyinchilikka tushib qolgani, joniga o‘zi qasd qilgani, ushbu holat bo‘yicha hech kimga hech qanday da’vosi yo‘qligi haqida yozilgan.
LiveBarchasi