Samarqandda o‘smir qiz “samosud” qilindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida bir qiz boshqa bir o‘smir qizni urayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 dekabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida joylashgan istirohat bog‘ida 19 yoshli fuqaro A.R. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 16 yoshli fuqaro K.U. bilan o‘zaro tortishib qolishi oqibatida janjal kelib chiqqan va fuqaro A.R. fuqaro K.U.ni urib, tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmanining bildirishicha, jarohat darajasini aniqlash maqsadida K.U. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yosh qizlar yigit talashib janjallashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Kattaqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing