Samarqandda uka akasining xotinini pichoqladi

Jamiyat

image

Samarqandning Narpay tumanida mudhish qotillik ro‘y berdi. Natijada fuqaro kelinoyisining qotiliga aylandi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 31 yanvar kuni Narpay tumanida yashovchi R. M. akasining turmush o‘tog‘i U. P. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida oshxona pichog‘i bilan “qurollanib”, yangasining yashash uyiga borgan. Yangasi U.P.ning bo‘yin sohasiga pichoq sanchib, uni qasddan o‘ldirgan va voqea joyidan yashiringan.

Viloyat prokuraturasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, prokuratura xodimlari va tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilganda, ushbu xonadon ko‘chasidagi ariq ichidan qon dog‘lari bo‘lgan pichoq va boshqa ashyoviy dalillar topilgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan R. M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u himoya huquqi bilan ta’minlangan holda JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Narpay tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonini viloyat prokuraturasi ham nazoratga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

pichoqbozlik Samarqand

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing