Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchiga tegajog‘lik qilgani rostmi? Holatga izoh berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisi o‘quvchiga tegajog‘lik qilgani, qiz uksus ichib, shifoxonada yotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Jahongir Sagdullayev ma’lumot berdi.

Joriy yilning 10 fevral kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktablarning birida sinf rahbari sifatida ishlab kelayotgan o‘qituvchi voyaga yetmagan 6-sinf o‘quvchi qizi 4 kun davomida dars qoldirgani sababli, undan otasini chaqirishini so‘ragan. Birozdan so‘ng, maktabga o‘quvchining onasi kelgan. 

U bilan maktab ma’muriyati gaplashib, qizining muntazam ravishda dars qoldirayotganini aytib, tushuntirish xati yozib berishini so‘ragan. Qizning onasi hech narsa yozib bermasligini aytib, maktabdan chiqib ketgan. O‘quvchi qizning onasi turmush o‘rtog‘iga qiziga o‘qituvchisi tegajog‘lik qilganini aytgan. Shundan keyin o‘quvchining otasi sinfxonada guruh rahbariga baqirib, uni qo‘pol so‘zlar bilan xaqorat qilib janjal ko‘targan. 

Qizning onasi hamda o‘quvchi qizning tushuntirish xatida o‘qituvchining tegajog‘lik qilgani to‘g‘risidagi vajlari o‘z tasdig‘ini topmagan. 

To‘plangan hujjatlar yuzasidan qizning otasini xatti-harakatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), onasinikida esa 40-moddasida (tuxmat) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli to‘plangan xujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan.

Sud tomonidan o‘quvchining ota-onasiga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab tegajog'lik o'quvchiga tegajog'lik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing