Samarqandda uch kishi cho‘kib ketdi. Ulardan ikkisi o‘quvchi
3-sahifa
−
12 may 2022
10602Joriy yilning 8 may kuni Samarqand tumanida Nexia kanalga qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 8 may kuni soat 2:40 larda Badal qishlog‘ida Nexia haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, kanalga qulagan va mashina cho‘kib ketgan.
Oqibatda mashinada bo‘lgan 24-sonli maktabning 7 va 8-sinfida tahsil oluvchi o‘quvchilar va 29 yoshli erkak mashina chiqa olmay, halok bo‘lgan. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi qutilib qolgan.
Qurbonlardan birining otasi haydovchi hodisa joyidan yashiringanini ma’lum qilgan.
“Men suvga tushib, kimdirni ushlab oldim. U haydovchi ekan. Chiqdiyu qochdi. Undan yordam so‘radim, u yordam bermadi”, degan erkak.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.