Samarqandda tezlikni oshirgan haydovchi ayanchli o‘lim topdi
3-sahifa
−
16 noyabr 2020
14003Samarqand viloyatida yuqori tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi mashinasi ag‘darilib ketishi natijasdida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Joriy yilning 14 noyabr kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanidan o‘tuvchi Samarqand-Ayniy yo‘lida Nexia avtomashinasi ishtirokida YTH sodir etilgan. Samarqand shahridan Urgut yo‘nalishi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlangan oq Nexia yo‘lning aylanma qismida boshqaruvni yo‘qotgan va beton to‘siqqa urilishi natijasida avtohalokat sodir bo‘lgan.
“Hodisaning asosiy sababi haydovchining yuqori tezlikda harakatlanishi natijasida boshqaruvni yo‘qotishi bo‘lgan. Og‘ir jarohat olgan haydovchi va mashinaning yon o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi Toyloq tumanidagi tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan mashina haydovchi hayotdan ko‘z yumgan. Mashina yon o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchiga esa tibbiy yordam ko‘rsatishda davom etilmoqda”, deydi Samarqand viloyati IIB YHXB boshlig‘i.
Hozirda YTHning sabablari va boshqa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Dinara Yusupova