Samarqandda tanishini mix tiqib o‘ldirgan yigit voqea qanday bo‘lganini aytib berdi

3-sahifa

image

Avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumanida bir erkak vahshiylarcha bir insonga bir necha marotaba mix tiqib o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. S. voqea aslida qanday bo‘lganini aytib berdi.

“Ovqatlanishga kirgandim, u ham o‘tirgan ekan. 100 gramm aroq olib berasan, deb turib oldi. Aroq olib berib chiqib ketayotgandim, orqamdan kelib, haqoratlay boshladi. Yoshingiz katta, hurmatingizni biling, deb bir necha marta ogohlantirdim. Yana “onangni”, “singlingni”, deya juda qattiq haqoratlashni boshladi. Keyin yana 10 martadan ortiq ogohlantirdim, o‘zimga javob berolmay qolaman, dedim. 

Avval qo‘lim bilan yuz qismiga jarohat yetkazdim. Keyin oyog‘im bilan tepdim. Shunchalik bo‘lsa ham haqoratlashdan to‘xtamadi. Qo‘rqitmoqchi bo‘lib, xo‘jalik do‘koni oldidagi mixni oldim. Mix bilan qo‘liga uraman, degan niyatim bor edi. Lekin chap ko‘krak qafasiga tegdi. Mix bilan jami 4 marotaba urdim. O‘zim ham o‘sha lahzada qo‘rqib, to‘xtadim. Uni tez yordam olib ketdi. Meni hech kim so‘ragani yo‘q. O‘z xohishim bilan tez yordam orqasidan shifoxonaga bordim”, deydi u.

S.ning aytishicha, unga marhum onasi va singlisini haqorat qilgani og‘ir botgan. 

“Men bunday bo‘lishini umuman kutmagandim. 4 nafar farzandim bor, ularning yuziga dog‘ tushirishni xohlamagandim. Lekin qochmadim, aybimga to‘liq iqrorman. Singlim va onamni haqoratlagani juda og‘ir botdi. Men ham otam tengi odamni bunday holatga yetkazishni xohlamagandim”, deydi u.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 5 iyun kuni Urgut tuman prokuraturasi tomonidan S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu qotillik holatini videoga olib, tarqatgan shaxs ham 7 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

605

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing