Samarqandda shina do‘koni yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
25 iyun 4654 1 daqiqa
Bugun, 25 iyun kuni Samarqand shahrida joylashgan avtomobil shinalari do‘konida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 15:05 da Samarqand viloyati FVBga Samarqand shahar Spitamen shoh ko‘chasida joylashgan skuterlar va avtomobil shinalarini sotish do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Xabarga asosan, yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:10 da voqea joyiga borib, yong‘in 15:21 da o‘rab olingan va soat 15:46 da to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 3 gektar yer yonib ketgan edi. Yong‘inni bartaraf etishga viloyat FVBdan 85 nafar shaxsiy tarkib, 4 ta texnika, O‘rmon xo‘jaligi bo‘limidan 40 nafar xodim, 4 ta texnika, IIBdan 6 nafar xodim, Mudofaa vazirligidan 20 nafar harbiy xizmatchi va bitta harbiy vertolyoti, mahalliy aholidan 40 nafar ko‘ngilli jalb etilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr