Samarqandda shifokorlar sovuqda tashqarida badantarbiya qildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bosh vrach, shifokor va hamshiralarni jazolash uchun sovuqda ushlab turdi", degan izoh bilan fotosurat tarqaldi. Ushbu rasm Samarqand shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada olingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari har ish kunini  badantarbiya mashqlari bilan boshlashga odatlangan. Ushbu mashg‘ulotlar ham poliklinika binosi ichida, ham tashqi hovlisida bajariladi. 

Vazirlik matbuot xizmati suratga berilgan "shifokor va hamshiralar sovuqda ushlab turildi", degan mazmundagi izoh mutlaqo asossiz deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand shahri

Baholaganlar

497

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar