Samarqandda shifoxona xodimlari janjallashdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasida janjal aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Mazkur holat joriy yilning 2 fevral kuni shifoxonaning rejali xirurgiya bo‘limidagi xodimlar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sabab kelib chiqqan. 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan  A.N.ga nisbatan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand shifoxona xodimlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing