Samarqandda SHHT sammiti o‘tkaziladi. Hukumat qarori qabul qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022 yilda Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 16 martdagi PQ-3608-son qarori bilan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Samarqand viloyat hokimligining O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, Samarqand viloyati hokimligiga 5 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 2,00 foizni tashkil qiladigan va qayta moliyalashtiradigan bankning marjasisiz, 25 mln AQSH dollariga teng ekvivalentdagi kreditni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy kursi bo‘yicha milliy valyutada Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga Samarqand viloyati hokimligining navbatdagi badali sifatida ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditini qoplash prognoz jadvali tasdiqlandi.
 

Belgilanishicha:

•    O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditidan Samarqand shahrining ichki yo‘llari (ko‘chalar) holatini yaxshilash hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Sammiti doirasida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tuziladigan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq foydalaniladi;
•    Samarqand viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, jamg‘armani o‘z vaqtida shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
•    O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining jalb qilinadigan kreditini qoplash va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar Samarqand viloyati mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimovning O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan kreditni maqsadli sarflanishi va o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda mazkur jamg‘armadan ajratiladigan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, uning o‘z vaqtida qaytarilishi yuzasidan monitoring o‘rnatadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Samarqand

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing