Samarqandda Rossiya Bosh konsulligi ochiladi

Jamiyat

image

Yaqin kunlarda Samarqand shahrida Rossiya Bosh konsulligi ochiladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosari Ryabkov buni Rossiya-O‘zbekiston aloqalarini, jumladan, mintaqaviy miqyosda kengaytirishga o‘zaro intilishning tasdig‘i deb atadi.

“Rossiyaning Samarqandda Bosh konsulligini tashkil etish bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda. Bosh konsullik yaqin kunlarda ochiladi. Bu ikki tomonlama aloqalarni, jumladan, mintaqaviy miqyosda kengaytirishga intilishning yana bir tasdig‘idir”, degan u.

Ma’lumot uchun, ushbu konsullikni ochish haqidagi hujjatga Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin 2024 yilning 13 fevral kuni imzo qo‘ygan edi. Oradan 1 yildan ortiq vaqt o‘tib, konsullikni ochish uchun ishlar deyarli yakunlanmoqda. Bu rasmiy Moskvaning O‘zbekistondagi ilk konsulligi bo‘ladi.

Rossiyada esa O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasidan tashqari oltita Bosh konsulligi mavjud. Ular Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov‑na‑Donu, Sankt‑Peterburg shaharlarida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Rossiya konsulligi Sergey Ryabkov Vazir o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing