Samarqandda reklamasida yulduzini ko‘paytirib ko‘rsatgan mehmonxonalar jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan bir nechta tadbirkorlik sub’ektining “Reklama to‘g‘risidagi” qonunni buzgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Samarqand shahrida joylashgan 2 ta mehmonxona – “Xursheda grand” OKga tegishli “Vazira Hotel” va “Diplomat premium” OKga tegishli “Diplomat Premium Hotel” mehmonxonalari tomonidan reklama va bronlash platformasiga tasdiqlanmagan 3 “yulduz” qo‘yilganligi aniqlangan.

Ushbu vaziyatda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi talablari buzilganligi holati aniqlanib, “Xursheda grand” OK va “Diplomat Premium” OKga nisbatan  tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan. Mazkur ish boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, ushbu mehmonxonalarga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Minded” MCHJga  tegishli bo‘lgan “Minded school” o‘quv markazi binosida joylashtirilgan reklama bannerida o‘zbek kino aktyori, xalqaro darajadagi huquqshunos va jurnalist Otabek Mahkamovning tasviridan uning roziligisiz foydalanilganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha “Minded” MCHJga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan.  Natijada, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasi 3-qismi 5-xatboshi (jismoniy shaxsning nomidan yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish taqiqlanadi) talablarini buzgan holda nomaqbul reklama (noto‘g‘ri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek ushbu Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama) sifatida joylashtirilganligi sababli “Minded” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Shuningdek, yuqoridagi sub’ektlarga qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida reklama qonunchiligini buzgan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand mexmonxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made