Samarqandda radiator suvi qaynab ketgan “Gazel” jarlikka tushib ketdi
Jamiyat
−
03 iyun 2021
6315Samarqand viloyati Urgut tumanida radiator suvi qaynab ketgan “Gazel” jarlikka tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 2 iyun kuni soat 10:00 larda Urgut tumani Omonqo‘ton mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1031-kilometrida harakatlanib kelayotgan “Gazel” rusumli avtomashinaning radiator suvi qaynab, tik balandlikda to‘xtagan.
Haydovchi avtomashinani qo‘l tormoziga qo‘yib, suvga tushgan vaqtida, avtomashina harakatlanib, jarlikka tushib ketgan.
Hodisa oqibatida avtomashinaga moddiy zarar yetgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Urgut tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi