Samarqandda portlagan uyning vayronasidan yana bir murda topildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Samarqand viloyatining Samarqand shahar “Bog‘isaroy” MFY Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgandi va oqibatda 6 kishi halok bo‘lgandi. Xonadon vayronalari ostidan yettinchi murda ham olib chiqildi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisa sabablari va oqibatlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, voqea joriy yilning 9 may kuni yuz bergan. FVBga ma’lumot kelib tushgandan so‘ng, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. Chaqnash oqibatida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan. Uyning 1,2,3-chi qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan AYOQSHlardan birida ZIL yonib ketgandi va oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan edi, yana bir kishi shifoxonaga joylashtirilgandi. Tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan fuqaro joriy yilning 9 may kuni vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Chaqnash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing