Samarqandda 3 qavatli uy portladi. 6 kishi halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
09 may 22941 1 daqiqa
Bugun, 9 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Samarqand shahar “Bog‘isaroy” MFY Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, FVBga ma’lumot kelib tushgandan so‘ng, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.
Chaqnash oqibatida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan. Uyning 1,2,3-chi qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
Olib borilgan harakatlardan so‘ng, vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boshlig‘i, prokuratura, Ichki ishlar boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Milliy gvardiya, “Hududgazta’minot” xizmatlaridan tezkor shtab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bunga 10 ta asosiy va maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalar va Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining kuch vositalari jalb etilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan AYOQSHlardan birida ZIL yonib ketdi va oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi