Quyoshda uchta kuchli chaqnash yuz berdi (video)

Olam

−

image

Kecha, 16 iyul kuni Quyoshda uchta kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda akademik Fyodorov nomidagi Amaliy geofizika institutining geliogeofizika xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Moskva vaqti bilan soat 11:26 da rentgen diapazonida M 1.1 sinfining chaqnashi qayd etilgan. Chaqnash davomiyligi 14 daqiqa davom etgan.

“Chaqnash yuqori chastotali radio aloqasining uzilishi bilan birga keldi”, deyiladi xabarda.

Moskva vaqti bilan soat 18:08 va 20:46 da Quyoshda yana ikkita M 1.8 va M 4.0 sinfida chaqnash yuz bergan.

Rentgen nurlanishining kuchiga ko‘ra, Quyoshdagi chaqnashlar quyidagi sinflarga bo‘linadi: X - eng kuchli, M - o‘rtacha, S - zaif, A va B – deyarli sezilmaydi.

Chaqnashlar quyosh plazmasining chiqishi bilan birga keladi. Oqibatda chaqnashlar Yerga etib kelib, magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing