Samarqandda ota 6 yashar o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi
3-sahifa
−
04 fevral 2021
18015Samarqand viloyatida sud 6 yoshli o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan otaga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi R.D. turmush o‘rtog‘i (da’vogar) bilan arzimagan narsalar uchun urishib qoladi, shunda ayol arazlab onasining uyiga ketagan. Oradan bir oz vaqt o‘tib u (ota) katta farzandini o‘zi bilan olib ketadi. Da’vogar tomon bir necha marotaba o‘g‘lini qaytarishni so‘ragan, sudlanuvchi o‘g‘lini yashirib boshqa yerda yashab yurgan.
Ish hujjatlariga ko‘ra, mudhish voqea sodir bo‘lgan kuni mahalla mas’ullari, profilaktika inspektori va kayvonilar bu oilani yarashtirish uchun sudlanuvchining uyiga kelishi kerak edi. Shunda ota o‘g‘li Doston bilan uyiga qaytadi, ammo xotini va mahalladagilar kelmaydi.
Ota shunda farzandi va o‘zining joniga qasd qiladi. 6 yoshli Doston bo‘g‘ib o‘ldirilgan, ammo ota tirik qolgan.
Prokuror ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, j” bandlari bilan aybdor deb topib, 20 yil ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlanishini so‘radi.
Sud R.D.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topdi va 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tish belgilandi.