Samarqandda “opiy” moddasini sotmoqchi bo‘lgan “uddaburon” ushlandi
3-sahifa
−
26 fevral 2023 5648 1 daqiqa
Samarqandda giyohvandlik vositasini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan shaxs 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro A.J. ekani aniqlangan. U 765,89 gramm "opiy" giyohvandlik vositasini mahalliy fuqaroga pullamoqchi bo‘lgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan fuqaro A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida ijtimoiy tarqmoqlar orqali narkosavdo bilan shug‘ullangan 20 nafar shaxs qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr