Samarqandda og‘ufurush 1,5 kg “opiy” bilan ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Jomboy tumanida Tojikistondan 1,5 kg “opiy” giyohvandlik vositasini O‘zbekiston hududiga olib kirib, uni Farg‘onada sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, DXX Samarqand viloyati Boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Samarqand-Andijon" yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina Jomboy tumani hududida to‘xtatilib, tekshirilganda Urgut tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan Q.A.ga  tegishli sumkada 1,5 kg “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Surishtiruvlar natijasida Q.A. ushbu giyohvandlik vositasini Tojikiston Respublikasidan 4 500 AQSH dollari evaziga sotib olib, uni Farg‘ona viloyatiga 10 000 AQSH dollariga sotish maqsadida olib ketayotgani ma’lum bo‘lgan. 

Bundan tashqari, avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida yukxonada 240 dona “Benzonal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi, 40 dona “Nikotinovaya kislota”, 5 dona “Tiokor” va 50 dona “Glitsin” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan. Hozirda, yuqoridagi holat yuzasidan fuqaro Q.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing