Samarqandda noqonuniy aroq saqlab kelayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
05 mart 2024 5911 2 daqiqa
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sifat sertifikati bo‘lmagan 13 396 dona spirtli ichimliklarni saqlab kelayotgan tadbirkorlar fosh etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oqdaryo tumani “Temirak” MFYda yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro A.X.ning yashash xonadonida hujjatlarsiz, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan spirtli ichimliklar topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor 1 litr hajmli shisha idishda “Sulton” nomli 1 521 dona, “Dunyo” nomli 1 295 dona, 0,5 litr hajmli shisha idishda “Russkaya vodka” nomli 5 756 dona hamda turli xildagi 1 200 dona, jami 9 772 dona qadoqlangan shisha idishlarda spirtli ichimliklar saqlab kelgan.
Shuningdek, tadbir davomida “Zarafshon” MFY Yangiravot qishlog‘ida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro G.E.ning yashash xonadonidan ham tegishli hujjatlarsiz, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan, 0,7 litr hajmli shisha idishda “Russkaya vodka” nomli 2 100 dona, “Pshinechnaya vodka” nomli 1 524 dona, jami 3 624 dona qadoqlangan shisha idishlarda spirtli ichimliklar saqlab kelayotganligi aniqlangan. Ushbu spirtli ichimliklar tegishli tartibda xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olinib, protsessual tartibda hujjatlashtirilgan.
Manbaga ko‘ra, daliliy ashyo tariqasida olingan 13 396 dona qadoqlangan spirtli ichimliklar iste’molga yaroqliligi hamda haqqoniyligi bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza tekshiruvidan so‘ng, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zangiotada 2 nafar fuqaro daromad orttirish maqsadida hech qanday hujjatsiz 3 xil turdagi 2 ming 200 quti “Esse change”, “Oris” va “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini boshqa bir fuqaroga 36 million 700 ming so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlangandi. ularning yonidan jami 5 ming 190 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingandi.
Sarvar Xurramov
Live
Barchasi