Samarqandda noqonuniy aroq ishlab chiqarish sexi fosh qilindi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Narpay tumanida noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish sexi fosh qilindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro U.I. yaqin qarindoshlari va tanishlaridan iborat jinoiy guruh tuzib, noqonuniy ravishda qo‘lbola spirtli ichimliklar mahsulotlarini tayyorlash, qadoqlash yashirin sexini tashkil qilgan. 

Yashirin sexda 36 xil turdagi 1068 dona shisha idishlarga qadoqlangan tayyor aroq hamda 70 litr qadoqlanmagan alkogol mahsuloti va 687 ta aksiz markasi aniqlanib, tegishli tartibda protsessual hujjatlashtirilgan.

Mazkur sexda tayyorlangan maxsulotlar viloyatning Narpay, Paxtachi tumanlari hamda Navoiy viloyatidagi do‘kon va oshxonalarga sotib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

215

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing