Samarqandda Nexia tirkamaga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi
3-sahifa
−
26 Sentabr
4056Samarqand viloyatida Nexia tirkamaga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 16:30 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tuman “Dahbed” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 9-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Nexia rusumli avtomobilni Buxoro-Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan Kögel tirkamasining orqa qismidan kelib urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
Oqibatda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 2 avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi