Samarqandda mudhish YTH yuz berdi. Ikki kishi qurbon bo‘ldi
Jamiyat
−
20 iyul 2020
13256Kecha, 19 iyul kuni soat taxminan 06:30 da Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 43 kmda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Haydovchi 38 yoshli A.Z. boshqaruvida bo‘lgan DAF TE 95XF rusumli yuk avtomashinasini Buxoro yo‘nalishidan Toshkent yo‘nalishi tomonga boshqarib ketayotganida yo‘lning qarama-qarshi tomondan harakatlanib borayotgan haydovchi 31 yoshli F.X.ning boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Oqibatda Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi A.Z. bilan yo‘lovchisi 24 yoshli E.R. og‘ir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi