Samarqandda Milliy Gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Olam

image

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bir necha shaxslar pora bilan ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Birinchi holatda 1990 yilda tug‘ilgan Milliy Gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilib fuqarodan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Yana bir holatda esa advokat Sh.A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishini bekor qilish maqsadida o‘zining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilib, buning uchun fuqarodan 600 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlandi. 

Bildirilishicha, hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Samarqand viloyat Sport boshqarmasi Milliy va noolimpiya sport turlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi 3 400 AQSH dollari pora olayotganida qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Milliy Gvardiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made