Samarqandda mast holatda opasini pichoqlab o‘ldirgan ayolga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida mast holatdagi opa-singillarning janjali o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19 yanvar kuni soat taxminan 18:30 larda sudlanuvchi opasi Yu. bilan dahanaki tortishib qoladi. Shunda opa-singil bir-birlarini fohishalikda, yengil tabiatlilikda ayblaydi.

Eng achinarlisi, opa ham, singil ham o‘sha voqea sodir bo‘lgan vaqtda spirtli ichimlik iste’mol qilgan, mast holda bo‘lgan. Oqibatda janjal pichoqbozlikka borib taqalgan. 

Ta’kidlanishicha, singil o‘z opasini bo‘g‘izlagan va hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning ma’lumotida yetkazilgan tan jarohati o‘limga olib kelgani aytilgan. 

Sudlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan kodeksning 57-moddasini qo‘llab, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

579

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing