Samarqandda mansabdor pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida tuman ETK rahbari Q.X. fermer xo‘jaligi rahbari A.B. dan 5 million so‘m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, 779 million so‘m qarzdorligi sababli “A.B.” fermer xo‘jaligi tarmoqdan uzilgan. Q.X. fermer xo‘jaligi rahbari A.B.ga xo‘jaligini elektr tarmog‘iga 5 kun muddatga qayta ulab berishi evaziga undan pul talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan JK ning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

elektr pora Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing