Samarqandda Malibu'ning 3 yo‘lovchisi mudhish YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyul kuni Samarqand viloyatida yuk va yengil avtomobillar to‘qnashuvi natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

YTH soat 12:00 da Samarqand tumani “Andijon” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1095 kilometrida yuz bergan. 51 yoshli T.T. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk avtomashinasi va 49 yoshli Z.J. (ayol) boshqaruvida bo‘lgan Malibu rusumli avtomashina to‘qnashib ketgan. 

Natijasida Malibu avtomashinasining yo‘lovchilari 50 yoshli M.K. (ayol), 51 yoshli J.S. (ayol) va 48 yoshli A.A. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

500

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing