Samarqandda “mahalla razborchigi” ichki ishlar bo‘limini ag‘dar-to‘ntar qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 aprel kuni Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani “Yuqori jo‘sh” MFY raisi ayrim fuqarolar mahallaga ichimlik suvi uchun o‘tkazilgan suv quvurlarini kavlab, o‘z uyiga olib ketayotgani, ushbu quvurlarni fuqarolardan olib berishlarini so‘rab viloyat IIBga murojaat qiladi. 

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, IIB xodimlari Sh.Zoxidov va G‘.Mamayevlar ushbu quvurlarni Qo‘shrabot tuman “Yuqori jo‘sh” MFYda yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro T.Sh. kovlab olganligini aniqlaydi. Uning yashash uyiga borib, suhbatlashib turishganida, ushbu mahallada yashovchi 1991 yil tug‘ilgan fuqaro X.N. kelib xodimlarni qonuniy faoliyatiga qarshilik qilib, ularni turli so‘zlar bilan haqorat qiladi.

Shundan so‘ng, fuqaro X.N.ni Qo‘shrabot tuman IIBga olib boriladi. U IIB xodimlarini haqorat qilishda davom etib, IIB binosining ichki tomonidagi devorlarni, vaqtincha ushlab turish xonasining eshigi va eshik romlarini tepib, ularga shikast yetkazadi.

“Mazkur holat yuzasidan Qo‘shrabot tuman prokuraturasi tomonidan X.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi va 140-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

1927

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing