Samarqandda Lacetti to‘rt yashar bolani urib yubordi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida Lacetti haydovchisi to‘rt yashar bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 9 avgust kuni soat 19:40 atrofida Jomboy tumanida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan to‘rt yoshli bolani urib yuborgan.

Bola olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Haydovchiga nisbatan 266-modda (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda Labo maktab o‘quvchisini urib yuborishi oqibatida bola vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made