Farg‘onada Lacetti ustun va daraxtga urilib, ag‘darilib ketdi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi chiroq ustuni va daraxtga borib urildi. Bu haqda Farg‘ona Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 22 avgust kuni soat 16:40 lar chamasida sodir bo‘lgan. Farg‘ona shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan R.J. Lacetti rusumli avtomobilini Farg‘ona shahar, Quvasoy ko‘chasida harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ko‘cha chiroqlari ustuni va daraxtga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi R.J. ga voqea joyining o‘zida tez tibbiy yordam shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ketishga ruxsat berilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing