Ohangaronda Lacetti katta tezlikda avtobus bilan to‘qnashdi (video)
3-sahifa
−
21:19 1128 1 daqiqa
Bugun, 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Lacetti katta tezlikda Isuzu rusumli avtobus bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat tahminan 18:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 75-kilometrida 1964 yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu rusumli avtobus bilan yo‘ldan qayrilib olayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa oqibatida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisiga hamda avtobusda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi chiroq ustuni va daraxtga borib urilgandi.
Live
Barchasi