Samarqandda Lacetti do‘konga kelib urildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti do‘konga kelib urildi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 3 sentyabr kuni soat 16:20 larda Kattaqo‘rg‘on tumani “Mundiyon” MFY hududidan o‘tuvchi “Zarafshon traktining o‘ng qirg‘og‘i” 4R-48 avtomobil yo‘lining 98-kilometrida haydovchi Lacetti avtomashinasini “Kattaming-Kadan” yo‘nalishida boshqarib kelib, yo‘lning o‘nga qiya burilish joyida tezligi yuqori bo‘lgani sababli oziq-ovqat do‘koniga kelib urilgan.

Oqibatda do‘kon ichida bo‘lgan bir nafar fuqaro tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki nafar 19 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made