Samarqandda ko‘zi ojiz bolalar maktabi o‘quvchisini avtobus urib ketdi
3-sahifa
−
19 may 2023
4644Samarqand viloyatida ko‘zi ojiz bolalar maktabining o‘quvchisi avtobus urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 13 may kuni soat taxminan 15:30 larda Samarqand shahar “Rudakiy” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Beruniy-Gagarin” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida yuz bergan. ISUZU rusumli avtobus haydovchisi mashinasini boshqarib borayotgan vaqtda yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Aniqlanishicha, piyoda 2004 yilda tug‘ilgan, 59-sonli “Nurli maskan” ko‘zi ojizlar maktabi o‘quvchisi Q.D. bo‘lgan.
Buning oqibatida tan jarohati olgan piyoda Q.D. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 15 may kuni shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi