Samarqandda ko‘p qavatli uy portlab ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 9 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahridagi uylardan biri chaqnash oqibatida portlab ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 17:30 da Samarqand shahrining Beruniy ko‘chasida joylashgan 86-uyning 3-qavatidagi xonadonlardan birida chaqnash sodir bo‘lgan. Oqibatda 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Chaqnashda yong‘in sodir bo‘lmagan.

Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB xodimlari chiqqan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda va bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Andijon shahar 1-kichik dahada joylashgan xonadonda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand viloyati chaqnash ko'p qavatli uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing