Samarqandda ko‘p qavatli uy 3,3 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qildi
3-sahifa
−
09:29 782 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali, shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Samarqand shahrida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida shaharning “Qorasuv” MFYda joylashgan “A. B.” MCHJga qarashli ko‘p qavatli turar-joy binosi ta’minot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan va loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 3 milliard 357 million so‘m zarar aniqlangan. Barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat aniqlangan edi.
Live
Barchasi