Samarqandda xotini va uning tanishini pichoqlagan erkak voqea qanday bo‘lganini gapirib berdi
3-sahifa
−
24 noyabr 2020
27813Joriy yilning 20 noyabr kuni Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida erkak o‘z xotini va uning tanishi, ehtimollarga ko‘ra, ayolning jazmanini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat bo‘yicha Bosh prokuratura Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qilgan edi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan erkak Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, bo‘lgan voqeani aytib berdi.
“Ular savdo majmuasini yoniga kelib to‘xtashdi. Qarasam, do‘kon ichida qo‘l ushlashib, bir-biriga ko‘ngilxushlik qilib, telefon sotib olmoqchi bo‘lib yurishgan ekan. Keyin men ularni ko‘rib, rashk tufayli qotillikka qo‘l urdim.
Bu ishni qanday qilganimni bilmayman. O‘sha payt hech narsani bilmadim. Tashqariga qaytib chiqsam, hamma joyim qon. Pichoqlaganimni sezdim, ammo o‘ldirib qo‘yganimdan xabarim yo‘q edi. Rashk ustida xato qilmasdan, o‘sha paytning o‘zida ularni ichki ishlar xodimlariga topshirib yuborsam bo‘lar ekan. Qilmishimdan pushaymonman”, degan ayblanuvchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu mudhish qotillikni videotasvirga olib tarqatgan 3 nafar samarqandlik shaxsga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgani xabar qilingandi.