Samarqandda qonunni buzgan 2 sudya ishdan olindi

3-sahifa

image

Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq, Samarqand viloyatida qonunni buzgani uchun ikki nafar sudya o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda kengashning matbuot xizmati xabar berdi. 

Qaroriga muvofiq, Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining raisi Nodirjon Rajabov odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun va yozma arizasiga asosan, Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining raisi Sanjar Soliyev Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida advokatlar hay’atining muqaddam sudlangan advokati o‘z tanishlari orqali “qamoq” ehtiyot chorasini hal qilib berish evaziga pora talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand ikki nafar sud'ya Sanjar Soliev Nodirjon Rajabov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing