Samarqandda qariyb 30 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi
3-sahifa
−
06 dekabr
3678Samarqand viloyatida 28,8 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, DXX, IIB va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ishtixon tumanida "M.G.M." oilaviy korxonasiga qarashli binoning yon qismida joylashgan yerto‘lada umumiy ulangan quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 28 mlrd 896 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Toyloq tumanida 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etilgandi.
LiveBarchasi