Samarqandda qariyb 3 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagan rahbar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
28 mart 2024 7959 1 daqiqa
Samarqand viloyati Toyloq tumanida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Toyloq tuman bo‘limi, prokuratura va “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.a.” MCHJ rahbari I.M. MCHJ issiqxonasida isitish qozoni va qo‘lbola yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirincha ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Urganch tumanida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi fosh etilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025